Karvonsaroy

Nazarboyev va Tramp ko‘plab sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va AQSH prezidenti Donald Tramp siyosat va xavfsizlik masalalari, savdo va sarmoya, insonlararo munosabatlar bo‘yicha hamkorlikni muntazam ravishda oliy darajadagi uchrashuvlar orqali kuchaytirishga kelishdilar, deyiladi Oq uyning 16-yanvar kungi bayonotida.

Nazarboyev o‘zining uch kunlik davlat tashrifi doirasida seshanba kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashdi.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari Markaziy Osiyodagi umumiy muammolarni C5+1 muloqoti (Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Amerika Qo‘shma Shtatlari) kabi mintaqaviy formatda hal qilishni o‘z zimmasiga oldi hamda kelajakda Afg‘oniston ham C5+1 loyihalarida ishtirok etishini ma’qulladi, deyiladi bayonotda.

Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda mintaqada faol siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettirishga qaror qilindi, deyiladi bayonotda.

Qozog‘iston parlamenti mamlakat temir yo‘llari orqali maxsus yuklarning tijoriy tranziti bo‘yicha Qozog‘iston va AQSH hukumatlari o‘rtasida imzolangan kelishuvni ratifikatsiya qiluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi chorshanba, 17-yanvar kuni Kazinform. Mazkur tashabbus AQSHning Afg‘onistonni tiklash va barqarorlashtirishga oid sa’y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Kaspiy dengizi orqali Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuk tashish uchun Qozog‘istonning Aqtau va Kurik portlari maxsus tranzit yo‘nalishiga kiritiladi, bu haqda chorshanba kuni Majlis qo‘mitasining tashqi ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha raisi Maulen Ashimbayev parlamentning quyi palatasiga ma’lum qildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500