Karvonsaroy

Tojikiston va O‘zbekiston umumiy chegara punktlarini qayta ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE/TOSHKENT – Tojikiston va O‘zbekiston chegara bo‘ylab barcha nazorat o‘tish punktlarini ochishga harakat qilmoqda, deb xabar berdi 17-yanvar, chorshanba kuni Asia-Plus nashri.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi Panjakent-Samarqand chegara punkti 8 yil muqaddam O‘zbekistonning bir tomonlama qarori bilan yopib qo‘yilgan edi. Bu o‘tish punkti Navro‘z bayrami arafasida, 21-mart kuni qayta ochilishi kutilyapti.

10-yanvar kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan savdo va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi majlisi chog‘ida erishilgan kelishuv doirasida Tojikiston va O‘zbekiston rasmiylari umumiy chegaradagi barcha o‘tish punktlarini qaytadan ochish bo‘yicha muzokalarni davom ettirmoqdalar, deb xabar berdi Asia-Plus nashriga Tojikiston hukumatidagi manba.

Tojikiston - O‘zbekiston chegarasida jami 16 ta shunday punkt mavjud bo‘lib, shulardan 12 tasi shimoliy Sug‘d viloyatida va yana to‘rttasi janubiy Xatlon va Tursunzoda tumanida joylashgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500