Tojik talabasi IDga qo‘shilishga uringanlikda ayblandi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Moskvada tahsil olayotgan tojikistonlik talaba Suriyadagi Islom davlati (ID) safiga qo‘shilishga urinish ayblovi bilan hibsga olindi. Bu haqda seshanba, 23-yanvar kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati xabar berdi.

23 yoshli Navruz Sangov o‘tgan yil noyabr oyida, Ozarbayjonning Baku aeroportida qo‘lga olingan. U dastlab Istanbulga uchib, u yerdan quruqlik orqali Suriyaga o‘tib olish niyatida bo‘lgan, deb xabar qildi dushanba, 22-yanvar kuni Tojikiston huquq-tartibot organlaridagi manba.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, u Tojikistonga ekstraditsiya qilingan.

Sangov ayblovlarni rad etib, Turkiyaga tibbiy yordam olish maqsadida borganini aytgan.

Oila a’zolari va do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, Sangov a’lo baholarga o‘qigan va o‘qishni tugatgach, Tojikiston xavfsizlik xizmatiga ishga kirish istagida bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
4
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha