Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-01

Jeenbekov va Rahmon mintaqaviy loyihalar va hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov payshanba, 1-fevral kuni Dushanbe shahrida tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Jeenbekov, shuningdek, Tojikiston bosh vaziri va parlament spikeri bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan, deb xabar qildi AsiaPlus nashriga tojik hukumatidagi manba.

Qirg‘iz va tojik rasmiylari mintaqaviy loyihalarning amalga oshirilishi, jumladan, Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo elektr energiyasi yetkazib berish va savdo loyihasi (CASA-1000) hamda chegara demarkatsiyasini muhokama qiladilar.

“Qirg‘iziston bizning yaqin qo‘shnimiz”, deya Rahmonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi 24.kg nashri. “Biz hamkorlikni yanada yuqori rivojlanish bosqichiga olib chiqa olamiz.”

“Qirg‘iziston o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga tayyor”, dedi Jeenbekov. “Dolzarb masalalarni muhokama qilib olish uchun imkoniyatimiz bor”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha