Karvonsaroy

AQSH elchisi Nazarboyev-Tramp uchrashuvi muvaffaqiyatli bo‘lganini e’tirof etdi

Karvonsaroy

OSTONA – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krol Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘tgan oy AQSHga qilgan tashrifi samarali bo‘lganini qayd etdi, deb xabar berdi Kazinform.

Nazarboyev Tramp bilan Oq uyda seshanba, 16-yanvar kuni uchrashdi. Ushbu uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlik, shuningdek, AQSH - Markaziy Osiyo “C5+1” muloqotining istiqbollarini muhokama qilish maqsadida amalga oshirilgan uch kunlik rasmiy tashrifning bir qismi bo‘ldi.

Tashrif AQSH va Qozog‘iston o‘rtasidagi aloqalar rivojini tezlashtirdi, dedi Jorj Krol 2-fevral kuni Ostonada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Bu orada, 1-fevral (payshanba) kuni “Xabar TV” telekanali “Qozog‘iston-AQSH: muvaffaqiyat tarixi” deb nomlangan hujjatli filmni efirga uzatdi. Ushbu film Nazarboyev idorasi tomonidan tayyorlangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500