Karvonsaroy

Yuqori martabali AQSH diplomati Bishkek va Dushanbega tashrif buyurdi

Karvonsaroy

BISHKEK – AQSH Davlat departamentining yuqori martabali vakili Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ushbu davlatlarning va Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi, deb xabar berdi mahalliy OAV dushanba, 5-fevral kuni.

Afg‘oniston va Markaziy Osiyo uchun AQSH Davlat kotibi yordamchisining muovini Genri S. Ensher shanba va yakshanba (3-4-fevral) kunlari tojik hukumati rasmiylari bilan uchrashdi, deb xabar beradi AsiaPlus.tj nashri.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, 3-fevral kuni Ensher va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov istiqboldagi hamkorlik hamda mintaqaviy rivojlanish, umumiy chaqiriqlar va tahdidlarga aloqador xalqaro muammolarni muhokama qildilar.

Shu bilan birga Ensher mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot, mudofaa va ichki ishlar vazirlari bilan muzokara o‘tkazib, nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati a’zolari bilan uchrashdi. AQSHning Dushanbedagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, u Qo‘shma Shtatlarning Tojikiston xavfsizligi va suvereniteti tarafdori ekanligini tasdiqladi.

Shundan so‘ng Ensher dushanba kuni Bishkekka tashrif buyurib, Qirg‘iziston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar va yangi hamkorlik shartnomalarni muhokama qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri qirg‘iz rasmiylariga tayanib.

“Tashrifdan maqsad – Qirg‘iziston hukumati oldida turgan vazifalarni o‘rganish va umumiy manfaatlarga oid masalalarni muhokama qilish”, deyiladi AQSHning Bishkekdagi elchixonasi bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500