Karvonsaroy

Tojik rasmiylari o‘zaro hamkorlik va bo‘lajak davlat tashrifini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi

Karvonsaroy

TOSHKENT– Tojikiston hukumat delegatsiyasi dushanba, 5-fevral kuni O‘zbekiston bilan hamkorlik va prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega bo‘lajak tashrifini muhokama qilish maqsadida Toshkentga keldi, deb xabar qildi AsiaPlus.tj tojik hukumatidagi manbaga asoslanib.

Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim rahbarligidagi delegatsiya “Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoveyning shu yil mart oyi boshida Tojikistonga amalga oshirajak davlat tashrifi bilan bog‘liq masalalar”ni muhokama qiladi, deb xabar berdi manba.

Tomonlar, shuningdek, Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilayotgan kelishuvlar loyihalarini ko‘rib chiqadilar.

10-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Dushanbega tashrifi davomida ikki mamlakatvizasiz bordi-keldiva chegara masalalariga oid kelishuvlarni imzolagandi.

Ushbu kelishuvlar tojik va o‘zbek fuqarolariga ikki mamlakat hududida 30 kungacha vizasiz yurish imkonini beradi hamda chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari va ikki mamlakat shaharlarini bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari ochilishini ko‘zda tutadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500