2018-02-06

Qirg‘izistonlik ulamo: Ijtimoiy adolatsizlik – yoshlarning radikallashuviga sabab bo‘layotgan asosiy omillardan biri

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonlik diniy arbob Qodir Malikovning fikricha, yoshlarning ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib ketayotganiga, asosan, ijtimoiy adolatsizlik sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Qirg‘iziston ulamolar kengashi a’zosi bo‘lgan Malikov bu haqda seshanba, 6-fevral kuni “MDH musulmonlari orasida radikal g‘oyalar tarqalishining oldini olish” deb nomlangan videokonferensiyadagi nutqida aytib o‘tgan.

Yana bir omil - yoshlaring Islomga oid bilimining pastligi, deydi Malikov.

Adolatsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘allarga tabaqalanishi “yoshlarni, eng avvalo, mafkuraviy savollarga Islomdan javob izlashga undamoqda”, dedi Malikov.

“Gap shundaki, bugungi yoshlar Islomda faqat namoz o‘qish, ro‘za tutish kabi diniy marosimlarni emas, balki ko‘plab siyosiy savollarga ham javoblarni ko‘rmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha