Karvonsaroy

Qirg‘izistondagi notijorat tashkiloti OAVda ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Markaziy Osiyoda tinchlikparvarlik va mediatexnologiyalar maktabi Bishkekdagi AQSH elchixonasining demokratiya masalalari bo‘yicha komissiyasi ko‘magida jurnalistlar uchun ektremistik tashviqotga qarshi kurash bo‘yicha uch kunlik o‘quv seminari o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi maktab veb-sayti.

“OAVda ektremistik tashviqot va toqatsizlikka qarshi kurash” deb nomlangan seminar 26-28 fevral kunlari Bishkek shahrida 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar uchun o‘tkaziladi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, seminar ishtirokchilari katta tajribaga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislardan ekstremizm, terrorizmning turli ko‘rinishlari va ular bilan bog‘liq masalalarni yoritish usullari va vositalarini o‘rganadilar.

“Ular shuningdek, media sohasida toqatsizlik va uning kommunikatsion xususiyatlari radikal materiallarning tarqalishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, jurnalistlar va foydalanuvchilarning qanday xatolari ektremistik tashviqotga sabab bo‘lishi, ektremistik g‘oyalar tarqalishi oqibatlarining oldini olishda zararli va qonunga xilof materiallar o‘rtasidagi farqni bilib oladilar va huquqiy xavsizlik hamda jurnalistik etika bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar”, deyiladi Markaziy Osiyoda tinchlikparvarlik va mediatexnologiyalar maktabi xabarida.

Ishtirokchilar konkurs asosida saralab olinadi. Arizalar 16-fevralga qadar taqdim etilishi lozim.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500