Karvonsaroy

Tojikiston ichki ishlar vaziri: 2017-yilda o‘nlab terrorchilik hujumlarining oldi olindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Ichki ichlar vaziri Ramazon Rahimzodaga ko‘ra, Tojikiston huquq-tartibot organlari o‘tgan yili mamlakatda 36 teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar berdi AsiaPlus.

Rahimzoda bu haqda payshanba, 8-fevral kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Uning aytishicha, Tojikiston IIV tomonidan boshqa mamlakatlarga taqdim etilgan ma’lumotlar bir qator xorijiy mamlakatlarda, xususan, Rossiyada 5 ta, O‘zbekistonda 2 ta, Qozog‘iston, Ukraina va Xitoyda bittadan terrorchilik hujumlarining oldini olishga yordam bergan.

Uning qayd etishicha, 2017-yilda Tojikistonning 300 nafar fuqarosi jiddiy jinoyatlarni sodir etgani sababli xalqaro qidiruvga berilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500