Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-09

Qozog‘istonga investitsiyalarning “yangi to‘lqini” kirib kelmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonga yangi xorijiy investitsiyalar jalb etilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Kazinform juma, 9-fevral kuni.

“Mamlakat chet el investitsiyalarining yangi to‘lqiniga hozirlik ko‘rmoqda”, dedi Sagintayev prezident Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan hukumat yig‘ilishida.

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, dedi Sagintayev. Uning qayd etishicha, Chevron kompaniyasining 37 mlrd. AQSH dollariga (121 trln. tenge) teng investitsiyasi hisobiga Tengiz neft koni loyihasining kengaytirilishi jahonda mislsiz hisoblanadi.

“Mustaqillik yillarida mamlakatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 300 mlrd. dollarni (98 trln. tenge) tashkil etdi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha