Karvonsaroy

Isakov xorijiy investorlarni Qirg‘izistonning turizm sohasiga chorlamoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov investorlarga hukumat ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini aytdi, deb xabar beradi 24.kg dushanba, 12-fevral kuni.

“Investitsiyalarni jalb qilishga mas’ul bo‘lgan agentlik maqomini ko‘tarish – mening davlat rahbari sifatidagi ilk qarorlarimdan biri bo‘ldi”, dedi Isakov.

Bu haqda u Birlashgan Arab Amirliklarning Dubay shahrida har yili o‘tkaziladigan Butunjahon hukumat sammitida Dubayning Emaar Properties ko‘chmas mulk kompaniyasi rahbari Muhammad Ali Alabbar bilan uchrashuvida aytib o‘tgan. Tadbir 11-13-fevral (yakshanba-seshanba) kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

“Endilikda Qirg‘izistonning inverstitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish agentligi bevosita bosh vazirga bo‘ysunadi va investorlarning muammolarini tezlik bilan hal qila oladi”, dedi u.

Isakov hukumatning chet el investorlari yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini aytarkan, Alabbarga Qirg‘izistonning turizm sohasiga investitsiya kiritishni taklif etdi.

“Biz 45 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildik”, dedi Isakov. “Tabiat, tog‘lar va ko‘llar yil bo‘yi bizga mehmonxona biznesi va boshqa turistik xizmatlarni rivojlantirishga imkon beradi”.

Isakov, shuningdek, Alabbarga Qirg‘izistonning “yangi zamon sari 40 qadam” dasturi haqida ham so‘zlab bergan. Mazkur dastur 2018-2023-yillarda biznesni rivojlantirish va investorlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500