2018-02-12

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi temir yo‘l mart oyiga qadar tiklanadi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi temir yo‘lni tiklash ishlari boshlandi, deb xabar berdi dushanba, 12-fevral kuni mahalliy OAVga asoslanib AKIpress agentligi.

O‘zbekiston Tojikistonning Xatlon viloyatiga olib boruvchi temir yo‘lida tiklash ishlarini boshlab yuborgan. Mazkur temir yo‘l ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashgani sababli bir necha yil davomida yopiq qolayotgandi.

Tiklash ishlari 10-mart – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlar qatnovini ham yo‘lga qo‘ymoqchi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha