Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-12

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara punkti qayta ochildi

Karvonsaroy

DUSHANBE/TOSHKENT – O‘zbekiston va Tojikiston yana bir chegara punktini ochdilar, deb xabar berdi AsiaPlus.tj dushanba, 12-fevral kuni.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Anarxon-Patar nazorat-o‘tkazish punkti shanba, 10-fevral kuni o‘z ishini qayta tiklagan. Endilikda ikki mamlakat o‘rtasida jami uchta chegara punkti faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara punktlarining umumiy soni 16 tani tashkil etadi. O‘zbekiston 1990-yillarda, ikki o‘rtadagi munosabatlar sovuqlashgan davrda chegara punktlarini bir taraflama yopib qo‘ygandi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 10-yanvar kuni Tojikistonga tashrifi chog‘ida Dushanbe va Toshkent barcha chegara punktlarini ochishga kelishib oldilar.

Tashrif chog‘ida tomonlar vizasiz rejim va boshqa yaqinlashuv munosabatlarini o‘rnatishga kelishganlar. Yangi qoidalar o‘zbek va tojik fuqarolariga qo‘shni mamlakat hududida 30 kun davomida vizasiz yurishga imkon beradi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi chegara punktlarini barpo etish hamda avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga oid kelishuvlarga erishilgan.

Aripov va uning tojikistonlik hamkasbi Qohir Rasulzoda chegara masalalariga oid yangi hujjatlar to‘plamini imzolashga kelishib olganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

2 ta fikr…

Dilfuza | 2018-04-18

Fuqaroligi bo'lmagan O'zbekistonda yasaydigan jismoniy shaxslar ham viza siz Tojikistonga borishi mumkinmi?

Влад | 2018-02-14

Judayam xursandman