Karvonsaroy

Ostona va Toshkent yagona axborot maydonini yaratadi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Qozog‘iston va O‘zbekiston televideniye va radio sohasida yagona axborot maydonini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

AKIpress.org nashrining seshanba, 13-fevral kungi xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjayev bilan uchrashib, mazkur tashabbusni muhokama qilgan.

Tomonlar qo‘shma ilmiy, ta’lim va axborot dasturlarini yaratish maqsadida teleradio uzatish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500