Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-20

Stokholm hujumida ayblangan o‘zbekistonlik ustidan sud davom etmoqda

Karvonsaroy

STOKHOLM – O‘zbekistonlik qochqin Rahmat Oqilov o‘tgan yil aprel oyida Stokholmda terrorchilik harakati sodir etish orqali Shvetsiya hukumatini “Islom davlati”ga qarshi kurashdan to‘xtatmoqchi bo‘lgan, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi 20-fevral, seshanba kuni.

O‘zbekistonlik etnik tojiklardan bo‘lgan, quruvchilik bilan shug‘ullangan 39 yashar Oqilov 2017-yil 7-aprel kuni Stokholmda yuk mashinasini odamlar bilan gavjum ko‘chadagi piyodalar yo‘lkasi tomon haydab, 5 kishini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

13-fevral kuni boshlangan sud jarayoni davomida u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

“Men IDga qarshi urush ketayotgan jangovar hududlarga Svetsiya askarlari yuborilmasligini xohlagandim”, dedi Oqilov seshanba kuni Stokholm sudida. U tarjimon vositasida rus tilida so‘zladi.

U shuningdek, Shvetsiyaning “urush uchun katta mablag‘ ajratishdan voz keshishini” istagan.

Shvetsiya IDga qarshi koalitsiya doirasida harbiy mashg‘ulotlar olib borish uchun Iroq shimoliga 70 nafar askarini jo‘natgan.

Qo‘lga olinganidan keyin, Akilov o‘z aybiga iqror bo‘lib, “kofirlarni” bosib ketmoqchi bo‘lganini aytgan.

Ayblov tomoni uni umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni, so‘ngra mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilmoqda. Shvetsiyada umrbod qamoq jazosi taxminan 16 yilni tashkil qiladi.

Sud jarayoni may oyiga belgilangan. Iyunda esa yakuniy hukm e‘lon qilinadi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining o‘zbek va tojik xizmatlari hamda Shvetsiyaning TT axborot agentligining hamkorlikdagi jurnalistik tekshiruviga ko‘ra, Oqilov apreldagi hujumga qadar IDning tojikistonlik jangarilari bilan bevosita aloqada bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.

Biroq, ID ham, biror boshqa guruh ham hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha