http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/02/22/newsbrief-01

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqini Markaziy Osiyoga sarmoya kiritishga chorlamoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov xalqaro konferensiyada nutq so‘zlar ekan, Yevropa Ittifoqini (YI) Markaziy Osiyoga Yevropa sarmoyasini kiritish yo‘lida yordam berishga chaqirdi, deb xabar beradi Kazinform 22-fevral, payshanba kuni.

Abdrahmonov “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo munosabatlarining 25 yilligi: o‘tmishdan kelajakka qadar” mavzusidagi konferensiya davomida o‘z fikrlarini bildirgan.

Qozog‘iston YIning “Markaziy Osiyodagi turli loyihalarga Yevropaning xususiy kapitalini jalb qilishga ko‘maklashadigan yangi mexanizmlarni ishlab chiqishini” istamoqda, dedi u.

“Bu Yevropa korxonalariga mahalliy bozorga chiqishga yangi imkoniyatlar yaratadi va mintaqada YIning mavqeini oshiradi”, dedi Abdrahmonov.

Mintaqa davlatlari o‘z iqtisodlarini diversifikatsiya qilish va texnologiya sohalarini rivojlantirish uchun raqamlashtirish, atrof-muhit, suv resurslari, inson huquqlari va qonunchilikda YI tajribasini qo‘llashi kerak, deb ta’kidladi u.

“Yangi strategiya doirasida biz YIni masalaga jiddiy yondashib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtirokini kengaytirishga chaqiramiz”, dedi vazir va Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun faqat tranzit hudud bo‘lib qolmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

YIning Markaziy Osiyo uchun maxsus vakili Piter Burian bu taklifni ma’qulladi.

Tomonlar yangi strategiyani 2019-yilning oxiriga qadar ishlab chiqishni rejalashtirgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha