Karvonsaroy

Markaziy Osiyo mamlakatlarida korrupsiya darajasi yuqoriligicha qolmoqda

Karvonsaroy

BERLIN – Transparency International tashkilotining yillik reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlar qatorida qolmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha nodavlat tashkiloti “Corruption Perceptions Index 2017” hisobotini chorshanba, 21-fevral kuni e’lon qilgan. Reyting so‘rovlar va hisobotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, unda “davlat sektoridagi korrupsiyaning taxminiy darajasi” bo‘yicha davlatlar ro‘yxati tuzilgan.

Ro‘yxatdagi 180 davlat ichida Qozog‘iston 122, Qirg‘iziston 135, O‘zbekiston 157 va Tojikiston 161-o‘rinda qayd etilgan. Bunda yuqori sonlar korrupsiyaning yuqori darajada ekanligini bildiradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500