Karvonsaroy

Qarag‘anda viloyati ta’lim muammolarini uzil-kesil hal etmoqchi

Karvonsaroy

QARAG‘ANDA. Qozog‘iston – Qarag‘anda viloyati hokimi Yerlan Koshanov juma, 23-fevral kuni omma oldiga qilgan chiqishi chog‘ida ta’lim sohasidagi muammolar bilan jiddiy shug‘ullanishga va’da berdi.

“Joriy yilda biz maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun joy yetishmasligi, uch smenali o‘qish va avariya holatidagi maktab binolari bilan bog‘liq muammolarni jiddiy hal qilishga kirishganmiz”, dedi hokim. U viloyatdagi maktab binolarining 72 foizi 1980-yilgacha qurilganini qo‘shimcha qildi.

Viloyatda 2018-yil byudjetidan 132 ta ta’lim muassasasini ta’mirlash uchun 5 mlrd. tenge (15,6 AQSH dollari) ajratilgan. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, Temirtau, Aktogay va Ulitau tumanlarida yangi maktab binolarining barpo etilishi bu boradagi vaziyatni biroz yaxshilashi mumkin.

Davlat va xususiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga yordam bermoqda, deb qayd etdi Koshanov.

Hafta avvalida Qozog‘iston ta’lim va fan vazirligi o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab 300 ta yangi maktab qurilishi haqida e’lon qilgandi.

Qishloq joylarda maktablar sonini ko‘paytirish muhim, dedi ta‘lim vaziri Yerlan Sagadiyev vazirlik hay’atining seshanba, 20-fevral kuni o‘tgan yig‘ilishida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500