Karvonsaroy

O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘lovchi G‘alaba-Amuzang temir yo‘li qayta ishga tushadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – O‘zbekistonni Tojikistonning janubi bilan bog‘laydigan G‘alaba-Amuzang temir yo‘li payshanba, 1-mart kuni qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda tojik hukumatidagi manba AsiaPlus.tj nashriga ma’lum qilgan.

Mazkur temiryo‘l ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashgani sababli, bir necha yil davomida yopiq qolayotgan edi.

Ikki mamlakat transport vazirliklarining rasmiylari, shuningdek, Tojikistonning Xatlon va O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatlari vakillari chegarada ushrashuv o‘tkazadilar, deb xabar berdi manba.

Manbaga ko‘ra, payshanba kuni birinchi yuk poyezdi Xatlon viloyati, Shaartuz tumanidagi “Xoshadi” temiryo‘l vokzaliga yetib kelishi kutilmoqda.

“Mazkur temiryo‘l Tojikiston tovarlarini tashish, xususan, Termiz (O‘zbekiston) orqali Afg‘onistonga sement yetkazib berish uchun qo‘llanilishi mumkin”, dedi 15-fevral kuni jurnalistlarga Tojikiston transport vaziri Xudoyor Xudoyorzoda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500