Karvonsaroy

Deputat: Qirg‘izistonda 271 ming oila nochorlikda kun kechirmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonda 271 mingga yaqin oila nochorlik chegarasida yashamoqda, deb ma’lum qildi qirg‘izistonlik deputat juma, 2-fevral kuni 24.kg xabariga asosan.

Bu haqda “Respublika - Ata jurt” partiyasining yig‘ilishida uning rahbari Ruslan Kazakbayev aytib o‘tgan.

Qirg‘izistonda kun kechirish uchun zarur miqdor oyiga 4900 qirg‘iz so‘mini (72 dollar) tashkil etadi.

Shunga qaramay, 120 ming oilaning kundalik xarajatlari 68 so‘mdan (1 dollar) oshmaydi. Bunday holat, ayniqsa, qishloq joylarda kuzatilmoqda, deydi Kazakbayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500