Karvonsaroy

Nazarboyev aholi farovonligini oshirish yo‘lida ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev dushanba, 5-mart kuni mamlakat fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan yangi choralar haqida e’lon qildi.

Nazarboyevning “Besh ijtimoiy tashabbus” deb nomlangan murojaati qozoq parlamentining qo‘shma majlisi chog‘ida taqdim etilgan.

Ushbu tashabbuslar o‘z ichiga 25 yilga mo‘ljallangan 7 foizlik ipoteka dasturini, kam haq to‘lanadigan ishchilar uchun soliqlarni 10 foizdan 1 foizgacha kamaytirishni, universitetlarda stipendiyalar va o‘qituvchilar maoshini oshirish, butun mamlakat bo‘ylab talabalar yotoqxonalarini bapro etish va Qizilo‘rda viloyatidan Ostonaga gaz quvuri o‘tkazishni qamrab oladi.

“Qozog‘iston – umumiy uyimiz” g‘oyasi yangicha ahamiyat kasb etmog‘i lozim. Biz har bir qozog‘istonlikning farovonligini oshirishga qaratilgan yangi ijtimoiy tashabbuslarni muhokama qilamiz”, dedi Nazarboyev.

Deputatlar va hukumat vakillari yangi tashabbuslarni yuqori baholamoqda.

“Prezidentning bugungi takliflari uning jamiyat farovonligini isloh qilish yo‘lida qat’iy ekanidan dalolat bermoqda”, dedi parlament quyi palatasi (Majilis) raisi Nurlan Nigmatulin inform.kz xabariga asosan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500