Karvonsaroy

Qozog‘istonda 2013-yildan beri 38 teraktning oldi olindi

Karvonsaroy

OSTONA – So‘nggi besh yil ichida Qozog‘istonda 38 ta terrorchilik harakatining oldi olindi, deb ma’lum qildi mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) raisining o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov qo‘mitaning seshanba, 6-mart kuni o‘tkazilgan majlisida.

“Idoralararo hamkorlik va kontrrazvedkaning kuchaytirilishi natijasida 2013-yildan beri 38 ta terrorchilik hujumini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lindi”, dedi u.

Bilisbekovning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi ijobiy yutuqlari” tahsinga sazovor. O‘tgan yili Qozog‘iston 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan ekstremizmga qarshi kurash dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturni amalga oshirish uchun jami 98 mlrd. tenge (310 mln. AQSH dollari) sarflangan, jumladan, respublika budjetidan 27,8 mlrd. tenge (87 mln. AQSH dollari) va mahalliy fondlardan 70,2 mlrd. tenge (220 mln. AQSH dollari) arjatilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500