http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/03/07/newsbrief-01

“Islom davlati”ga qo‘shilgan polkovnikning akasi iste’foga chiqdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – “Islom davlati” safiga (ID) qo‘shilgan tojik polkovnigining akasi o‘tgan yil oxirida Tojikiston jazoni ijro etish tizimidagi lavozimini tark etgan. Bu haqda “Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” dushanba, 5-mart kuni Tojikiston hukumatidagi manbaga tayanib xabar qildi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining maxsus kuchlari – OMONning sobiq qo‘mondoni, 42 yashar polkovnik Gulmurod Halimov 2015-yilda g‘oyib bo‘lgan va keyinroq, IDning Yaqin Sharqda tasvirga olingan tashviqot videolarida ko‘rinish bergandi. U 2016-yilda IDning “urush vaziri”ga aylangan edi.

Gulmurod Halimov bir necha oy dom-daraksiz ketgan bo‘lsa-da, Tojikiston hukumati uning Mosul (Iroq) shahrida halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlay olmagan.

Uning akasi, podpolkovnik Saidmurod Halimov 2017-yil oxirida o‘z lavozimini tark etgan. Adliya vazirligi rasmiysiga ko‘ra, uning iste‘fosi shu kungacha ommaga oshkor qilinmagan edi.

Halimov oktyabr oyida Tojikiston sudi uning ikki birodari va jiyanini turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilishi ortidan iste’foga chiqqan. Sudlanuvchilar o‘tgan yil iyul oyida Afg‘onistonga o‘tib, u yerda ID safiga qo‘shilishga uringanlikda ayblangan. Xatlon viloyatining Vose’ tumanida maxsus kuchlarning qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida Halimovlarning boshqa to‘rt nafari o‘ldirilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha