Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-09

O‘zbekiston prezidenti: Toshkent “Dushanbe bilan aloqalarni izchil rivojlantirib bormoqda”

Karvonsaroy

DUSHANBE – O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar “strategik sheriklik darajasiga olib chiqiladi”. Bu haqda juma, 9-mart kuni Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan so‘zlashgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

“Ikki tomonlama aloqalarimiz rivojiga to‘sqinlik qiladigan hech qanday muammolar yo‘q”, deb ma’lum qildi Mirziyoyev Tojikistonga qilgan ikki kunlik tashrifi chog‘ida. Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasida uzoq yillar davom etgan tanglikdan so‘ng amalga oshirilmoqda.

“Toshkent Dushanbe bilan barcha sohalarda hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantiradi”, dedi u.

Rahmon “O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga oid sa’y-harakatlari” Tojikiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga va’da berdi. U Mirziyoyevning tashrifini “muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega” deb atagan.

AsiaPlus.tj xabariga ko‘ra, ikki mamlakat rasmiylari tomonidan 25 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha