Karvonsaroy

Xorijiy investorlar Ostona gaz quvuri lohiyasiga qiziqish bildirmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanovga ko‘ra, xorijiy investorlar Ostona shahri va bir qator sanoat markazlariga xizmat ko‘rsatadigan yangi gaz quvurini barpo etishda Qozog‘istonga yordam bermoqchi, deb xabar berdi Kazinform.

“Biz britaniyalik investorlardan muayyan takliflarni oldik”, deb yozdi Abdrahmanov dushanba, 12-mart kuni “Kazaxstanskaya Pravda” nashrida chop etilgan siyosiy maqolada.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi infratuzilmaviy lohiyalarni amalga oshirish uchun xalqaro investorlar ko‘magi talab etiladi.

“Munitsipal, sanoat va xususiy sektorning (ko‘mirdan) tabiiy gazda ishlashga o‘tishi iqlim o‘zgarishlariga qarshi barqarorlik va energiya samadorligini oshiradi. Bu bizning bir qator xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligimizda muhim ahamiyatga ega”, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500