http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/03/19/newsbrief-01

Tojik parlamenti O‘zbekiston bilan vizasiz safarlarga oid kelishuvni ma’qulladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Tojikistonga vizasiz safar qilishlari mumkin, deb xabar beradi AsiaPlus.tj nashri.

Tojikiston parlamentining quyi palatasi dushanba, 19-mart kuni Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida vizasiz safarlar to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni ma’qulladi. Ushbu hujjat 9-mart kuni Dushanbeda imzolangan edi.

Kelishuv fuqarolarga qo‘shni mamlakatda vizasiz 30 kun davomida bo‘lishga ruxsat beradi.

Quyi palata spikeri Shukurjon Zuhurov Tojikiston TIVga hujjatning ratifikatsiya qilingani haqida O‘zbekistonni zudlik bilan xabardor etishga buyruq berdi. Seshanba, 20-martdan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari Tojikistonga vizasiz safar qilishlari mumkin.

O‘zaro safarlarga oid kelishuvning 14-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tasdig‘idan o‘tgan. Hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi 18 yillik viza rejimini bekor qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha