BISHKEK – Qirg‘izistonlik deputat narkotiklar savdosi uchun yanada qat’iyroq jazo belgilash maqsadida mamlakat jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritishni taklif etmoqda, deb xabar berdi 24.kg nashri seshanba, 20-mart kuni.
Chegaradan narkotik moddalar olib o‘tish mol-mulkni musodara qilish va 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi, biroq, parlament a’zosi Mirlan Jeyenchoroyevga ko‘ra, ushbu jazo chorasi yetarli emas.
U giyohvand moddalar kontrabandasi uchun alohida modda ishlab chiqish va katta hajmdagi narkotiklar aylanmasi uchun jazoni 10-15 yilgacha oshirish tashabbusini ilgari surmoqda.
Jeyenchoroyevning taklifiga ko‘ra, ta’lim va ko‘ngilochar muassasalarda psixotrop moddalarni tarqatganlik uchun 15-20 yil qamoq jazosi berilishi kerak. O‘z lavozimini suiiste’mol qilgan holda narkotiklar kontrabandasi bilan shug‘ullangan amaldorlar esa 5-10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi lozim.
Narkotiklarning noqonuniy savdosi uchun beriladigan jazo mol-mulkni musodara qilishni ham o‘z ichiga olishi kerak.
“Kattalar va o‘smirlar orasida giyohvandlar sonining oshishi respubilkadagi umumiy kriminogen holatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, dedi u.