Karvonsaroy

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari chegaraga oid muammolar va hamkorlikni muhokama qiladilar

Karvonsaroy

FARG‘ONA, O‘zbekiston – Payshanba, 29-mart kuni Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari cheragada joylashgan viloyatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar, deb xabar berdi 24.kg nashri chorshanba, 28-mart kuni.

Uchrashuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil sentabr oyida Bishkek shahriga davlat tashrifi davrida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida tashkil qilingan Chegara hududlari rahbarlari kengashining ilk majlisi hisoblanadi.

Delegatsiyalarga bosh vazirlar rahbarlik qilmoqda.

Kengash savdo-sotiq va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500