Karvonsaroy

Qirg‘iziston 2023-yilgacha butun mamlakatni toza ichimlik suvi bilan ta’minlamoqchi

Karvonsaroy

BISHKEK – Joriy yilda Qirg‘iziston hukumati butun mamlakatni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar berdi 24.kg nashriga 28-mart, chorshanba kuni Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xizmatlari davlat agentligi rahbari Baktibek Abdiyev.

Abdiyev bu haqda Bishkekda suv ta’minotiga oid loyihalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tgan.

Ushbu chora-tadbirlar 2023-yilga qadar Qirg‘izistonning barcha viloyatlariga toza ichimlik suvi yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

Abdiyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi 1860 aholi punktlaridan 430 tasida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi eskirgan yoki umuman mavjud emas.

Davlat qurilish qo‘mitasiga suv ta’minotiga oid loyihalarni yakuniga yetkazish uchun investitsiyalar jalb qilish va mahalliy hokimiyat organlari bilan ishlash vazifasi yuklatilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Agarda shunday bo‘lsa yana ham yaxshi, lekin bunday bo‘lmay qolsa yomon.

Javob berish