Karvonsaroy

Tojik rasmiylari Quyi Panj chegara punktida Afg‘onistondan kelayotgan geroin moddasini qo‘lga oldi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston bojxona xizmatining hafta boshida bergan bayonotiga ko‘ra, Xatlon viloyatidagi Quyi Panj nazorat-o‘tkazish punktida Afg‘onistondan kelayotgan geroin moddasi bojxona xodimlari tomonidan musodara qilingan.

Chegara punktidan o‘tayotgan yuk mashinasini tekshirish paytida chiqqan chamadondan qariyb 2 kg geroin moddasi topilgan. Mashina haydovchisi va yo‘lovchi hibsga olindi, ularning ikkovi ham tojik fuqarosi.

Tergovchilarning 27-mart kungi bayonotida aytilishicha, qo‘lga olinganlar narkotik moddani Afg‘onistondan Dushanbe shahrida kutayotgan shaxslarga yetkazib berishga kelishib olganlar. Ular chamadonni Afg‘on tarafidagi xuddi shunday nazorat o‘tkazish punkti – Sherxon-Bandarda afg‘onistonlik shaxsdan qabul qilib olganlar.

Quyi Panjda yuz bergan mazkur hodisa ortidan Dushanbe huquq-tartibot organlari ikki afg‘onistonlikni hisbga oldi. Ular giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500