LONDON – Markaziy Osiyoda 36 mln. odam yoki mintaqa umumiy aholisining 68 foizi internet foydalanuvchilaridir. “We Are Social” agentligi va “Hootsuite” ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish xizmati tomonidan e’lon qiligan hisobotda shu haqda so‘z yuritilgan.
Qozog‘iston 14 million internet foydalanuvchisi bilan birinchi o‘rinni egallagan, bu mamlakat aholisining 77 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston internetdan foydalanish bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi (48%), undan keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (35%) va Tojikiston (33%) egalladi.