Karvonsaroy

O‘zbekiston etnik qirg‘iz qishlog‘ini 45 kun ichida butunlay yangiladi

Karvonsaroy

MANAS, O‘zbekiston – O‘zbekiston hukumati asosiy aholisi etnik qirg‘izlardan iborat qishloqni 45 kun ichida qayta barpo etdi, deb xabar beradi AKIpress nashri seshanba, 3-aprel kuni.

Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida 6500 kishilik aholisi bo‘lgan yarim vayrona qishloqni qayta tiklash bo‘yicha topshiriq bergan edi. Tiklash ishlari o‘sha oydayoq boshlangan, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Eski uylar o‘rniga yangi, ko‘p qavatli binolar, shuningdek, zamonaviy bolalar bog‘chasi, tibbiyot markazi va sport maydonchasi bunyod etildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirziyoyev 30-mart kuni Manasga tashrif buyurib, uning aholisi bilan qishloqni rivojlantirishga doir yangi iqtisodiy loyihalarni muhokama qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500