Karvonsaroy

Qirg‘izistonda Suriyadagi urushda qatnashgan sobiq jangari qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan qirg‘izistonlikni qo‘lga oldi, deb xabar beradi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GNKB) matbuot xizmati chorshanba, 4-aprel kuni. Gumondorning ismi, u hibsga olingan joy va sana ma’lum qilinmagan.

U Suriya va Iroqdan mag‘lub holda qaytayotgan jangarilarning terroristik fitnasini fosh etishga qaratilgan operatsiya chog‘ida qo‘lga olindi, deb xabar berdi GNKB.

GNKB ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Suriya hukumat kuchlariga qarshi harbiy harakatlarga qatnashgan. Ayni paytda u GNKB hibsxonasida sud jarayoni boshlanishini kutmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500