Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-05

Qozog‘iston poytaxti Ostonaning 20 yilligi nishonlanmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston rasmiylari va biznes yetakchilari payshanba, 5-aprel kuni mamlakat poytaxtining 20 yilligini nishonlash va shaharning istiqboldagi rivojini muhokama qilish uchun Ostonaga yig‘ildilar, deb xabar beradi Kazinform.

Ilgari Selinograd va Oqmola nomi bilan ham mashhur bo‘lgan Ostona shahri 1998-yilda Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilingan edi. Mamlakatning avvalgi poytaxti Olmaota bo‘lgan.

Bayram tadbirlarining ochilishida nutq so‘zlagan prezident Nursulton Nazarboyev Ostonani “tinchlik va hamjihatlik shahri”, deb atadi.

20 yil ichida Ostona 1 milliondan ortiq aholiga ega va muhim tadbirlar o‘tkaziluvchi shahar maqomini oldi, dedi u.

Nursulton Nazarboyev shaharning barpo etilishida barcha qozog‘istonliklarning hissasi borligini alohida ta’kidladi.

“Biz o‘z ishlarimizdan mamnunmiz va ular bilan faxrlanamiz, bu xalqimizning, qozog‘istonliklarning g‘alabasi, o‘z qo‘llari bilan ushbu shaharni bunyod etgan, uning qurilishiga g‘isht qo‘yganlarning yutug‘idir”, dedi prezident.

“Biz bu bilan to‘xtamaymiz, ishlashda davom etamiz”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha