Karvonsaroy

YI va Tojikiston uran konini tiklash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini yakunladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Yevropa Ittifoqi hamda Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi mamlakatdagi ikkita sobiq uran konlarini tiklash bo‘yicha dastlabki tadqiqot ishlarini yakunladi, deb xabar beradi 5-aprel, payshanba kuni AsiaPlus.tj nashri.

Tadqiqotlar Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda Sovet davridan qolgan uran konlaridagi xavfli yerlarni qayta tiklash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlari jumlasidandir.

Tojikistondagi sa’y-harakatlar Degmay va Istiqloldagi uran qazib olish va qayta ishlash obyektlarni tiklashga oid reja bilan yakunlandi. Bu konlar Markaziy Osiyoda joylashgan ustuvor sanalgan yetti obyektdan ikkitasidir.

Xalqaro atom energetikasi agentligi mahalliy aholiga yordam berish va radioaktiv ifloslanish tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ko‘rib chiqmoqda.

Tojikistondagi qayta tiklash ishlari boshqa davlatlar uchun sinov loyiha sifatida xizmat qiladi.

Yettita obyektni qayta tiklash uchun YI 16,5 million yevro (178,6 tojik somoniysi) miqdorda mablag‘ ajratdi, ammo, bundan tashqari donorlardan yana 70 million yevro (757,6 tojik somoniysi) mablag‘ talab etiladi, deb xabar beradi YI.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500