Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-06

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi mintaqaviy hamkorlik haqida hisobot tayyorladi

Karvonsaroy

OSTONA – 6-aprel, juma kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining jamoatchilik (nazorat) kengashi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda vazirlikning, asosan, Markaziy Osiyodagi hamkorlikka oid ishlari muhokama qilindi, deb xabar beradi Kazinform.kz nashri vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib.

Qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash Qozog‘iston uchun ustuvor vazifa hisoblanadi, dedi Tashqi ishlar vaziri Kairat Abdrahmanov uchrashuv chog‘ida.

Abdrahmanov Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan 15-mart kungi Ostona anjumanining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Maslahat uchrashuvi uzoq kutilgan tarixiy voqea bo‘ldi, dedi u.

Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqaviy savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish uchun birgalikda ishlashga tayyor, dedi Abdrahmanov.

Сизга мақола ёқдими?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha