Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-09

Bishkekda ayollarning xavfsizlik sohasidagi ishtirokiga bag‘ishlangan mintaqaviy forum o‘tkazildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonning xavfsizlik sohasidagi ayollar uyushmasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda 30-mart kuni Bishkekda mintaqaviy anjuman tashkil etdi. U rivojlanish va xavfsizlik masalalarida ayollarning rolini oshirishga bag‘ishlandi, deyiladi YXHTning 6-aprel, juma kungi bayonotida.

“Mintaqalarning barqaror rivojlanishida xavfsizlik va huquq-tartibot sohalarida ishlovchi ayollarning roli” deb nomlangan anjumanda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston vakillari, shuningdek jamoatchilik faollari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari viloyatlarda barqaror rivojlanish va xavfsizlik sohalarida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llarini, shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishiga oid ishlarni ko‘rib chiqishdagi ilg‘or tajribani muhokama qildilar.

“Men Qirg‘izistonning xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi, jamoat tartibi va farovonlikni saqlash yo‘lida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yuvchi, bir vaqtning o‘zida farzandlar tarbiyasi va oila bilan mashg‘ul bo‘lgan va shu bilan mamlakat kelajagiga ulkan hissa qo‘shayotgan barcha ayollarga minnatdorchilik izhor etaman”, dedi Bishkekdagi YXHT dasturlari idorasi rahbari Pyer Fon Arks.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha