Karvonsaroy

Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi OAVni rivojlantirish uchun grantlarga arizalar qabul qilishni boshladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi 5-aprel, payshanba kunidan boshlab ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha grantlarga arizalar qabul qilishni boshladi, deb xabar beriladi elchixona veb-sahifasida chop etilgan bayonotda.

Elchixona Qozog‘istonda joylashgan tashkilotlardan mamlakat ommaviy axborot vositalarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kutmoqda.

Bayonotga ko‘ra, “aniq va sezilarli natija beradigan loyiha” egalari 30 ming AQSH dollarigacha (9,7 million qozoq tengesi) mukofotni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Loyihalar raqamli va media savodxonligi, yangiliklarni izlash va ularni tarqatish bo‘yicha yangi yondashuvlar, raqamli mediatexnologiyalarni rivojlantirish va ommalashtirish, professional jurnalistika standartlarini va Qozog‘istondagi ommaviy axborot vositalarining moliyaviy imkoniyatlarini jadallashtirishga oid bo‘lishi lozim, deyiladi bayonotda.

Takliflar 5-mayga qadar topshirilishi zarur.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500