Karvonsaroy

USAIDning 4 yillik loyihasi qirg‘iz kompaniyalarini rivojlantirishga yordam berdi

Asker Sultanov

BISHKEK – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Qirg‘izistondagi mahalliy kompaniyalar rivojiga ko‘maklashgan 4 yillik lohiyani yakunlamoqda.

20,2 mln. AQSH dollariga (1,4 mlrd. qirg‘iz so‘mi) teng loyiha 2014-yildan beri Qirg‘iziston kompaniyalariga savdo hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashdi. Dastur 30-iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Qirg‘iz kompaniyalari endilikda xalqaro bozorda raqobatlasha oladi, dedi USAIDning Qirg‘izistondagi missiyasi rahbari Kimberli Rozen Karvonsaroy bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mahalliy kompaniyalarga qurilish mollari va jihozlar sotib olishga yordam bergan hamda biznes egalariga boshqaruvning yangi usullarini o‘rgatgan.

Dastur besh qirg‘iz kompaniyasiga o‘z mahsulotlarini Yevropaga eksport qilishga ko‘maklashdi, natijada 1,5 mln. AQSH dollariga (102,6 mln. qirg‘iz so‘mi) teng shartnomalar imzolandi.

Dastur yordamida Qirg‘iziston korxonalari London, Istanbul, Berlin va Madriddagi xalqaro turistik yarmarkalarda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi, dedi Rosen.

“Loyiha 1 mln.dan ortiq obunachiga ega 14 nafar dunyoga mashhur blogerlarni Qirg‘izistonga jalb etishga yordam berdi”, dedi Rozen. “USAID butun mamlakat bo‘ylab 86 ta turistik belgilar o‘rnatib, Qirg‘izistondagi 17 muzey faoliyatini yaxshilashga erishdi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500