Karvonsaroy

Nazarboyev O‘zbekiston bilan aloqalar va hamkorlikni yuqori baholadi

Karvonsaroy

OSTONA – 11-aprel, chorshanba kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z xalqining O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlayotganini yuqori baholadi, deya xabar beradi Kazinform.kz.

Nazarboyev Ostonada to‘rtta yangi elchidan, jumladan, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevdan ishonch yorliqlarini qabul qilib, nutq so‘zladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorligining rivojlanishi o‘zaro savdo-sotiqning 30 foizdan oshishiga olib keldi, dedi Nazarboyev.

“Bu yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini nishonlash, kelgusi yilda esa qardosh O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi … hamkorligimizning barcha yo‘nalishlariga kuchli turtki beradi”, dedi Nazarboyev.

Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini maqtadi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning strategik va “vaqt sinovidan o‘tgan hamkori” hisoblanadi, deya javob qaytardi Niyozxo'jayev.

“Ikki davlat rahbarlarining qisqa muddatda ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan shaxsiy munosabatlarini ham qayd etish lozim”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500