Karvonsaroy

YXHT va Tojikiston yangilangan vakolat doirasida birinchi uchrashuvni o‘tkazdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 11-aprel, chorshanba kuni Dushanbe shahrida Tojikiston hukumati va fuqarolik jamiyati vakillari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti rasmiylari hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilish uchun uchrashdilar, deyiladi YXHT bayonotida.

YXHT xabariga ko‘ra, bu yangi “YXHT – Tojikiston hamkorlik platformasi” formati doirasidagi ilk uchrashuvdir, ikkinchi uchrashuv keyingi yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar 2017-yildagi hamkorlik va 2019-yil uchun yangi rejalarni muhokama qildilar.

“Biz mezbon mamlakat talablariga javob berishga va YXHT tamoyillari hamda majburiyatlariga muvofiqlikni ta’minlashga harakat qilamiz”, dedi Dushanbedagi YXHT dasturi ofisi rahbari Tuula Yuryolya uchrashuv shog‘ida.

“Siyosiy, harbiy va insonparvarlik yo‘nalishidagi har tomonlama sa’y-harakatlarimizga qo‘shimcha ravishda biz Tojikiston hukumati va fuqarolik jamiyati bilan iqtisodiy va ekologik yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish uchun birgalikda ishlashdan umidvormiz”, dedi u.

Venadagi YXHTning mojarolarni bartaraf etish markazi rahbari, elchi Marsel Peshko Tojikistonning mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Biz YXHTning Afg‘oniston bilan hamkorligida Tojikistonning ko‘magini alohida qadrlaymiz”, dedi u uchrashuv chog‘ida.

“Davlatimiz manfaati yo‘lida, Tojikiston barcha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilishi kerak”, dedi Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ismatullo Nasriddin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500