Karvonsaroy

Rubl kursi 2016-yildan beri eng quyi ko‘rsatkichga tushdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – AQSH sanksiyalari va Suriyaga qarshi raketa hujumlari xavfi joriy haftada rubl kursining pasayishiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Asia-Plus payshanba, 12-aprel kuni.

AQSH hukumati juma, 6-aprel kuni rossiyalik oligarxlar va mansabdorlarga nisbatan bir qator sanksiyalar joriy qilgandi. Ushbu chora rasmiy Moskvaning 2016-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan saylovlarga ehtimoliy aralashuvi va Rossiyaning boshqa tajovuzkor harakatlariga javoban e’lon qilingan.

Bu orada, AQSH ma’muriyati joriy haftada Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya rejimining o‘tgan hafta oxirida amalga oshirgan zaharli gaz hujumiga javoban raketa hujumlari bilan tahdid qilgandi. Halokatli gaz hujumi natijasida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘lgan, 500 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilgan.

Tojikiston Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, hafta boshidan beri Rossiya rublining kursi (RUB) tojik somoniysiga (TJS) nisbatan 10,5 foizga arzonlashgan va 2016-yildan beri eng quyi ko‘rsatkichga tushgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500