2018-04-12

YI Qirg‘zistondagi “Toza suv” loyihasi uchun maqsadli jamg‘arma tashkil etdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston qishloqlarida suv ta’minoti va sanitariya loyihasini moliyalashtirishga tayyor, deb xabar berdi AKIpress payshanba, 12-aprel kuni.

YI “Toza suv” loyihasi uchun 10 mln. yevrolik (852 mln. qirg‘iz so‘mi) maqsadli jamg‘armaga asos soldi, dedi Qirg‘izistonning Belgiyadagi elchisi Asein Isayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ kelasi yildan Qirg‘iziston hukumati ixtiyorida bo‘ladi.

Isayevning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun jami 300 mln. yevro (25 mlrd. qirg‘iz so‘mi) talab etiladi. Ayni paytda ushbu mablag‘ni jalb qilish ustida ish olib borilmoqda.

“Bu borada YTTB, Yevropa investitsiya banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan muzokaralar olib borilmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha