Karvonsaroy

Putinning “maxfiy armiyasi” haqida yozgan jurnalist sirli ravishda halok bo‘ldi

AFP

MOSKVA – Moskvaning Suriyadagi “maxfiy armiyasi” haqida yozgan rossiyalik jurnalist yakshanba, 15-aprel kuni 5-qavatda joylashgan xonadoni balkonidan yiqilib tushib hayotdan ko‘z yumdi.

Axborot agentliklarining yozishicha, o‘tgan hafta Uralda yirik shahar bo‘lgan Yekaterinburgdagi xonadonidan yerga yiqilgan Maksim Borodin hafta oxirida, olingan jarohatlar natijasida kasalxonada hayot bilan vidolashgan.

U “Noviy Den” axborot agentligida ishlagan va yaqinda Moskvaning “Wagner Group” nomli Suriyadagi maxfiy armiyasi yollanma ishchilarining o‘limi haqida maqola yozgan edi.

Yakshanba kuni “Noviy den” bosh muharriri Polina Rumyantseva yakshanba kuni Borodin o‘z joniga qasd qilganiga ishonmasligini aytgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radio.

Mahalliy ichki ishlar organlariga ko‘ra, suiqasdni isbotlovchi hech qanday xat topilmagan.

Borodinning o‘limi “jiddiy xavotirga” sabab bo‘ldi, dedi YXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Garlem Dezir.

“Men hukumat rasmiylarini ushbu voqeani zudlik bilan sinchiklab tergov qilishga chaqiraman”, deb xabar qoldirdi u Twitterda dushanba, 16-aprel kuni.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, Rossiyada jurnalistlarga hujum qilinishiga oid ma’lumotlar xavotirli. Ularga ko‘ra, 1992-yildan beri 58 kishi o‘ldirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Haqiqatan ham, tezkor va har tomonlama tergov o‘tkazilishi kerak.

Javob berish