DUSHANBE – Tojikiston va O‘zbekiston ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani minalardan tozalashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi seshanba, 17-aprel kuni Tojikiston chegara xizmati vakili.
Qo‘shma komissiya “o‘zbek-tojik chegarasining qaysi uchastkalarida piyodalarga qarshi minalar borligini sinchiklab o‘rganishi” va minasizlantirish jadvalini tuzishi kutilmoqda.
2000-yilda, mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan noxayrixoh bo‘lgan o‘sha vaqtdagi prezident Islom Karimov davrida O‘zbekiston 1332 kilometrlik chegara hududini minalashtirgan edi.
Tojikistonning BMT qo‘llab-quvvatlovidagi minasizlantirish markazi ma‘lumotlariga ko‘ra, yer usti minalaridan 374 nafar tojik fuqarosi, asosan cho‘ponlar va chegara yaqinida yashovchilar halok bo‘lgan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar 2016-yil dekabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng yaxshilana boshladi.
Mart oyida Dushanbega tashrifi davomida u tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan chegarani minalardan tozalash ishlarini amalga oshirish, 2000-yildan beri amalda bo‘lgan o‘zaro viza rejimini isloh qilish va O‘zbekiston tomonidan to‘g‘on qurilishiga oid ishlarda hamkorlik qilishga kelishib olgan edi.