Karvonsaroy

Qirg‘iziston parlamenti Isakov hukumatining iste’fosi uchun ovoz berdi

AFP

BISHKEK – 19-aprel, payshanba kuni Qirg‘iziston parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan mamlakatning hisob bo‘yicha 29-bosh vazirini iste‘foga chiqarishni ma’qulladi.

Deputatlar mamlakatning sobiq rahbari Almazbek Atambayev tarafdori bo‘lgan bosh vazir Sapar Isakovning iste’fosi uchun 101-5 farq bilan ovoz berganlar.

Ushbu chora parlamentning amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan. Davlat rahbari hukumatni tarqatib yuborishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi va yangi bosh vazirni tayinlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Shu oy boshida Jeenbekov Atambayevning yaqin ittifoqdoshlari bo‘lgan xavfsizlik xizmatidagi muhim shaxslar va davlat prokurorini ham vazifasidan ozod etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500