Karvonsaroy

Qirg‘izistonda ishga kirishgan yangi bosh vaziri kortejdan voz kechdi

Karvonsaroy va AFP

BISHKEK – Qirg'iziston bosh vaziri Muhammedkali Abilgaziyev dushanba, 23-aprel kuni birinchi ish kunini barvaqt boshladi, idoraga yetib olishda kuzatuv kortejidan voz kechdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

20-aprel, juma kuni parlament 114-1 farq bilan Prezident Sooronbay Jeenbekov tayinlagan Abilgaziyev nomzodiga ovoz berdi. Abilgaziyev yetarli ovoz yig‘olmay, 19-aprel, payshanba kuni hukumatdan ketgan Sapar Isakovning o‘rniga tayinlangan.

Guvohlarning 24.kg nashriga ma’lum qilishlaricha, Abilgaziyev ish joyiga ertalabki 7:30 da kortej kuzatuvisiz yetib kelgan.

Abilgaziyevning rasmiy idorasi 24.kg nashriga bergan xabariga ko‘ra, yangi bosh vazir 21-aprel, shanba kuni Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tansoqchilar va kuzatuv kortejini olib tashlashni buyurgan.

Vazir uning uyi va ish joyi orasidagi yo‘lning to‘silishiga ham qarshi chiqqan, deb xabar beradi vazir matbuot kotibi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500