Karvonsaroy

Tadqiqot: Sanksiyalar Rossiyani mudofaa xarajatlarini qisqartirishga majbur qilmoqda

AFP

MOSKVA – O‘tgan yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 1998-yildan beri ilk marta keskin kamaydi, sababi G‘arbning iqtisodiy sanksiyalari davlat g‘aznasiga jiddiy zarba bergan. Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat bermoqda, deb xabar beradi AFP dushanba, 30-aprel kuni.

Moskva va G‘arb o‘rtasidagi tanglikka qaramay, Rossiyaning harbiy xarajatlari o‘tgan yili 66,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu 2016-yilga nisbatan 20 foizga kam, deb xabar beradi Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti.

So‘nggi marta Moskva mudofaa xarajatlarini 1998-yilda, keng ko‘lamli iqtisodiy inqiroz davrida qisqartirishga majbur bo‘lgandi.

Rossiya shu kungacha infratuzilma va ta’lim kabi sohalarga mablag‘ ajratishni kamaytirish orqali mudofaa budjetini himoya qilib kelayotgan edi, biroq 2017-yilda Rossiyaning taqdirga tan berishdan boshqa chorasi qolmadi, deydi Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro institutining bosh tadqiqotchisi Simon Vezeman.

Vezeman 2014-yilda Qrimning (Ukraina) anneksiya qilishi ortidan Moskvaga qarshi joriy etilgan G‘arb sanksiyalarini bugungi vaziyatga olib kelgan asosiy sabab deb hisoblamoqda.

“Endilikda mudofaani yuqori darajada ushlab turish yoki uni oshirish imkonsiz”, dedi u.

“Ehtimol, Rossiya o‘z g‘ururini bir chekkaga surib qo‘yiishga ham majbur bo‘lishi mumkin”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500