Karvonsaroy

BMTRD va tojik rasmiylari ekstremizmning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 3-may, payshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Tojikiston hukumati majburiy terrorizmning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazadi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri BMTRDga tayanib.

“Majburiy terrorizmning oldini olishda BMT ko‘magi: amaldagi tajriba” deb nomlangan muloqot Tojikiston milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi BMTRDning Tojikistondagi idorasi.

Tadbirda Tojikiston hukumati va BMT rasmiylari, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar, fuqarolik jamiyati a’zolari va tadqiqot muassasalari xodimlari qatnashadi, deyiladi xabarda.

BMTning zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash bo‘yicha strategiya va rejalari doirasida Tojikiston 2016-yilning noyabr oyida 2016-2020 yillarda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash milliy strategiyasini qabul qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500